Му5
44

Internet trafikni “eydigan” reklamalardan qanday voz kechish mumkin?

Hi-tech 22.02.2016, 11:07
4497
Internet trafikni “eydigan” reklamalardan qanday voz kechish mumkin?

Hozirgi internet texnologiyalari davrida kundan kunga turli xil dasturlar ishlab chiqilmoqda. Shu dasturlar ishlab chiqilgan sari muammolar ham ko`payib bormoqda.

Masalan, internet orqali ishlaganingizda turli qiyinchiliklarga duch kelasiz. Bulardan biri turli reklamalardir. Internet sahifalaridagi reklamalar bu reklama o`rnatilgan sayt uchun mo`may daromad hisoblanadi. Bu asosan chet internet sahifalarida juda ham ko`p uchraydi. 

Ko`pchilik bu holatni yoqtirmaydi, chunki bu kabi reklamalar ish faoliyatingizga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Reklamalarning yana bir tomoni internet trafigingiz (MB)ni ko`p sarflanishiga hamda internet bilan bog`liq muammolarni keltirib chiqarishga xizmat qiladi.

AD Block plus

Siz internet sahifangizdagi turli reklamalardan xalos bo`lmoqchimisiz? Bu holatda sizga yordam berishga harakat qilamiz. Buning uchun uyali aloqa telefoningizdan yoki shaxsiy Netebookingizdan quyidagi likga kirsangiz kifoya: https://adblockplus.org/ru/. Bu dastur AD Block plus deb nomlanadi.  Bu dasturni bir marta yuklab olib o`rnatsangiz siz bu muammodan xalos bo`lasiz va sizni xech qanday reklama roliklar bezovta qilib asabingizga tegmaydi. Yuklab olish mutlaqo bepul. Shoshiling!

IP Blocker

Ko`p hollarda “internet trafigim tugab qoldi, internetdan ma`lumot olishim kerak edi” degan gaplar qulog`imizga eshtiladi. Bu holni barcha internet foydalanuvchilari boshidan o`tkazgan bo`lsa ajab emas.

Internetdan foydalanuvchilar o`rtasida internet trafigini kamroq ishlatishni orzu qilmaydiganlar topilmasa kerak. Endi barcha internet foydalanuvchilari bu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Bu dastur IP Blocker deb nomlanadi. Siz ushbu dastur orqali internet trafigingizni 30 foizgacha tejash imkoniyatiga ega bo`lasiz. Ushbu dastur barcha uyali aloqa vositalari hamda kompyuterlar uchun mavjud. Bu uzoq kutilgan imkoniyatdan foydalanish uchun quyidagi linkga tashrif buyursangiz kifoya:

http://ip-blocker-firewall.en.softonic.com/ 
Ushbu dastur sizning ish faoliyatingizni yanada oshirish uchun va ko`plab muammolaringizni bemalol bartaraf etish uchun yaratilgan.

KOMPYuTER HAMDA UYaLI ALOQA VOSITALARINING TEZLIGINI OShIRAMIZ

Ko`pchilik shaxsiy kompyuterlarini va uyali aloqa vositalarini sekin ishlayotganidan shikoyat qilishadi. Buning sababi har xil bo`lishi mumkin. Masalan, sizda turli dasturlardan keraksiz fayllar ko`payib ketib, qurilmangiz xotirasi to`lib qolgan bo`lishi yoki qurilmangizda viruslar joylashib olib, uning ish faoliyatini sekinlashtirayotgan bo`lishi mumkin. Bu holatlarda sizga quyidagi keltiradigan dasturlarimiz yordam berishi mumkin. 

PIRIFORM CCLEANER 

Bu dastur orqali siz o`z qurilmangizdagi keraksiz ma`lumot va uyali aloqa vositangizning sekin ishlashiga sabab bo`layotgan keraksiz kichik muammolarni bartaraf eta olasiz. Bu dasturdan nafaqat uyali aloqa vositangizda, balki o`z kompyuteringizda ham foydalanishingiz mumkin. Ushbu dasturni bepul yuklab olish uchun quyidagi linkga kiring: http://www.softportal.com/get-3151-ccleaner.html
Dastur hajmi:6 MB.

Шарҳлар