“Trabzonspor” klubi himoyachisi hakamga qizil kartochka ko`rsatdi

Бўлимлар: Futbol
Теглар:
Добавлено: 22.02.2016, 21:06

Turkiyaning “Trabzonspor” klubi himoyachisi Solix Dursun “Galatasaroy” jamoasi bilan mamlakat chempionligi uchun bo`layotgan o`yinda hakamning qaroridan norozi bo`lib, unga qizil kartochka ko`rsatgani uchun o`yindan chetlashtirildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Mazkur voqea Istanbulda bo`lib o`tgan va mehmonlar foydasiga 2:1 hisobida yakunlangan matchning 86-daqiqasida ro`y berdi.

Hakam “Trabzonspor”ning himoyachisi Luis Pedro Kavanduni o`yindan chetlashtirdi. Shundan so`ng futbolchining jamoadoshlari norozilik kayfiyatida hakamni o`rab oldi. Shundan so`ng hakamning qo`lidagi qizil kartochka tushib ketdi va Dursun uni olib, hakamga ko`rsatgan.

Penaltidan to`pni o`tkazib yuborgan “Trabzonspor” klubi o`yinni mag`lubiyat bilan yakunladi.

 

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08