Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

O`zbekistonda kinematografiya to`g`risida qonun qabul qilinadi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:

O`zbekistonda “Kinematografiya to`g`risida”gi qonun loyihasini tayyorlash rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17 fevral kuni tasdiqlangan qonun loyihalarini ishlab chiqish dasturida ko`zda tutilgan. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Qarorda ta`kidlanishicha, ayni paytda O`zbekistonda kinematografiya sohasidagi davlat siyosati bir qator qonun osti hujjatlari orqali tartibga solinadi, ular muammolarning tor doirasini o`z ichiga oladi. Ko`plab qonuniy munosabatlar qonunchilik bilan umuman tartibga solinmaydi.

Yangi qonun kinematografiya va unga bog`liq sohalarga nisbatan qonuniy nazoratning yagona va to`liq tizimini o`rnatadi.

Qonun, xususan, filmni ishlab chiqish, tarqatish, saqlash va namoyish qilish, kinosanoatning iqtisodiy asoslari, xorijiy filmlar ijarasi, shuningdek, ushbu sohada faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik sub`ektlari huquq va manfaatlari himoyasi masalalarini qamrab oladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии