Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Immunitetni qanday ko`tarish mumkin?

Бўлимлар: Salomatlik
Теглар:
Добавлено: 23.02.2016, 11:33

Ikki hafta burun shamollab qolgandim. Endi sog`aydim deganimda yana qaytalayapman. Immunitetim zaiflashib qolgan chog`i. Uy sharoitida immun tizimini mustahkamlovchi qanday usullarni tavsiya qilasiz? 

Sharofat, Sirdaryo viloyati 

Savolga oliy toifali shifokor – terapevt Nodira HAMROEVA javob beradi: 

Immunitetni chiniqtirish uchun avvalo kun tartibingizni to`g`ri rejalashtiring. Jismoniy va aqliy zo`riqish teng taqsimlanishi lozim. Shu bilan birga har kuni yarim soat bo`lsada toza havoda sayr qiling. Etarlicha uxlang, dam oling. Taomnomada ko`proq meva va sabzavotlar, qoqlardan tayyorlangan eguliklar ishtirok etsin. Nahorga quyidagi reseptni tayyorlab ko`rishni tavsiya etaman. 100 grammdan yong`oq, mayiz, turshak, qora olxo`ri va anjir qoqsini go`shtqiymalagichdan o`tkazib, oz miqdorda asal bilan aralashtiring. Mazkur aralashmani har kuni ertalab bir osh qoshiqdan iste`mol qilishga odatlansangiz, immunitetingiz ham yaxshilanadi, madorsizlikdan ham forig` bo`lasiz. Yana bir tavsiya, tushlik va kechki ovqatni ko`kpiyoz, redis va barra sarimsoqpiyoz bilan tanovul qiling.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jamiyat

Mutolaa

24.11.2017, 17:26

SUG'DIYONA