Barmoqlaringiz uzunligi siz haqingizda nima deydi?

Бўлимлар: Lady
Теглар:
Добавлено: 23.02.2016, 11:38

Qo`lingizga qarang va ko`rsatkich barmoq bilan nomsiz (to`rtinchi) barmoqning uzunligini solishtiring. Endi javoblarni o`qing:

1. Ko`rsatgich barmoq nomsiz barmoqdan kaltaroq bo`lsa.

Bunday odamlar ko`rinishi ko`rkam, jozibadordirlar. Gaplari ma`noli bo`ladi. Odamlarning diqqatini osongina jalb qila oladilar. Ular boshqalarga qaraganda jur`atli, tavakkal qilishga o`ch va muammolarni osongina hal qila oladilar. Ularning o`ziga xos sifatlardan yana biri- suhbatdoshlariga nisbatan xamdard va qayg`udosh bo`la olishlaridir. Bunday odamlardan ajoyib muhandis, olim va krossvord ustalari etishib chiqadilar.

2. Ko`rsatgich barmoq nomsiz barmoqdan uzunroq bo`lsa.

Bunday odamlar o`ziga ishongan bo`ladilar. O`zlari mansub bo`lgan tabaqadan rohatlanadilar, bekorchi ishlar bilan bezovta qilishlarini yoqtirmaydilar. Biznes uchrashuvimi yoki ishqiy munosabatmi, farqi yo`q, ular hech qachon birinchi bo`lib tashabbus ko`rsatmaydilar. Ammo e`tiborni qadrlaydilar va maqtov hamda iltifotlarni xush ko`radilar.

3 Ko`rsatgich va nomsiz barmoqlarning uzunligi bir xil bo`lsa.

Bunday barmoq soxiblari sulhparvar va ko`ngli ochiq odamlardir, ziddiyatlarni yoqtirishmaydi. Turmush tarzlari batartib, hamma bilan murosa qila oladilar. Bunday odamlar yaqinlariga sadoqatli, ishda esa fidokordirlar. Lekin ehtiyot bo`ling, jahli chiqsa lov etib yonib ketadi, shuning uchun doim ularning tarafida bo`ling.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии