“MYu” van Galning taqdiridan qat`iy nazar Obameyangni xarid qilishga urinib ko`radi

Бўлимлар: Futbol
Теглар:
Добавлено: 23.02.2016, 14:20

“Manchester Yunayted” klubi rahbariyati yozda Dortmundning “Borussiya” jamoasi hujumchisi Per-Emerik Obameyangni sotib olishga urinib ko`radi.

Independent nashrining ma`lumotiga ko`ra, klub “MYu”ning amaldagi ustozi Lui van Galning taqdiridan qat`iy nazar transferni amalga oshirishni maqsad qilib qo`ygan.

Manbada aytilishicha, ingliz grandi gabonlik hujumchi uchun 60 million funt sterlingdan voz kechishga tayyor.

Ta`kidlanishicha, gollandiyalik mutaxassis katta ehtimol bilan kelayotgan yozda “Old Trafford“ni tark etadi.

Avvalroq, “Borussiya” ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vatske, klub Obameyangni hatto 100 million evroga ham sotmasligini aytgandi.

Manba: Uff.uz

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии