Gollivudning yana bir mashhur juftligi ajrashish arafasida

Бўлимлар: Lady
Теглар:
Добавлено: 23.02.2016, 15:40

So`nggi paytlarda xonanda Kim Kardashyan va Kane Uest oilasida notinchlik hukm surmoqda, deb yozadi ELLE nashri. 

Kim turmush o`rtog`ining tez-tez darg`azab bo`lishiga toqat qilolmayapti. Kane so`nggi paytlarda hech kim, jumladan hamkasblari, xotini bilan murosa qilolmayapti. 

Ma`lumotlarga ko`ra, Kimning sabr kosasi to`lishiga Kanening taniqli Amerika shoularidan birida qilgan chiqishi sabab bo`lgan. Aytishlaricha, Kim turmush o`rtog`idan yashirincha ajrashish bo`yicha advokatga murojaat qilgan.  

Oilaning do`stlari ta`kidlashicha, Kim so`nggi daqiqagacha turmush o`rtog`iga muammolarini bartaraf etishga ko`maklashgan.  Kane bundan oldin ham chidab bo`lmas darajadagi fe`l-atvorini bir necha marta namoyon etgan va oila psixoterapevtga murojaat etishga  majbur bo`lgan. Psixoterapevt tavsiya qilgan muolajalari Kanega ijobiy ta`sir ko`rsatgan. Ammo biroz muddatdan so`ng Kane muolajalarni to`xtatib qo`ygan. 

Kim Kanedan bir necha marta psixoterapevt yozib bergan muolajalarni davom ettirishni so`ragan. U esa rafiqasining talabini rad etib kelmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии