Smartfon va noutbuklar akkumulyatorlarini samolyot yukxonasiga topshirish taqiqlanadi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 23.02.2016, 16:03

Fuqaro aviasiyasi xalqaro tashkiloti yo`lovchi tashuvchi samolyotlar yukxonasida litiy-ionli akkumulyatorlarni tashishni taqiqladi, deb xabar beradi “Lenta.ru”. 

Mazkur taqiq akkumulyatorlarning tezda yonib ketishga moyilligi sababli joriy etildi. Mazkur qaror 2016 yilning 1 aprelidan kuchga kiradi. Mazkur taqiq quvvatlantiruvchi moslamalar uchun maxsus yong`inga chidamli qoplama yaratilmagunga qadar olib tashlanmaydi.

Taxminlarga ko`ra, bunday qoplamalar 2018 yilda sotuvga chiqariladi.

Mazkur taqiq fuqaro aviasiyasi xalqaro tashkilotiga a`zo bo`lgan barcha 191 ta davlatlarda amal qiladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии