Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

O`zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Mehnat vazirligiga aylantirildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 23.02.2016, 16:55

O`zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Mehnat vazirligiga aylantirildi. Bu haqdagi farmon 22 fevral kuni Islom Karimov tomonidan imzolandi.  Bu haqda “Uz24.uz” xabar bermoqda.

Hujjatga muvofiq, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tasarrufidagi «Muruvvat» va «Saxovat» uylari, Nogironlarni reabilitasiya qilish va protezlash milliy markazi, hududiy nogironlar reabilitasiya markazlari, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriya va pansionatlar, Toshkent va Farg`onadagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun respublika ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari, shuningdek, poytaxtdagi 2-sonli huquqshunoslik kolleji Sog`liqni saqlash vazirligi tasarrufiga o`tkaziladi.

Bundan buyon nogironlar, urush qatnashchilari, faxriylar, yolg`iz qariyalar va aholining boshqa zaif qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy ko`mak ko`rsatish bo`yicha, shuningdek, imkoniyati cheklangan shaxslarga kasbiy ta`lim berishni tashkil qilish va inklyuziv kasbiy ta`lim bo`yicha vazifalar Sog`liqni saqlash vazirligiga yuklanadi. Ehtiyojmand oila hamda fuqarolarga ijtimoiy nafaqa va moddiy ko`mak belgilash, to`lash ustidan nazorat bo`yicha vazifalar esa Moliya vazirligiga topshiriladi.

Mehnat vazirligi faoliyatining asosiy vazifa va yo`nalishlari aholi bandligi darajasini chuqur tahlil qilish, bandlikni ta`minlash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirishni monitoring qilishdan iborat bo`ladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes