Mars shokoladlarining ichidan plastmassa topildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 24.02.2016, 06:47

Shu munosabat bilan Amerikaning Mars kompaniyasi savdodan to`rt million dona shirinlikni qaytarib oladi.

Mazkur shokolad Niderlandiyaning Vexel shahrida ishlab chiqarilgan, deya xabar beradi Euronews.

Germaniya iste`molchilari shokolad ichidan plastik bo`laklarini topishdi — shu sababli butun partiyani qaytarib olish to`g`risida qaror qabul qilindi.

«Mars», «Snickers» va «Milky way» 55 ta mamlakat savdo rastalari hamda savdo avtomatlaridan qaytarib olinadi. Ushbu shokoladlarning yaroqlilik muddati shu yilning iyun oyidan keyingi yilning yanvar oyigacha edi.

Hozircha plastmassaning shokolad ichiga tushib qolish sabablari aniqlanmagan.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии