Dostonbek Hamdamov “Al-Nasr” – “Bunyodkor” o`yinining eng yaxshi futbolchisi bo`ldi

Бўлимлар: Futbol
Теглар:
Добавлено: 24.02.2016, 10:04

Osiyo Chempionlar Ligasi “V” guruhi 1-turida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi safarda “Al-Nasr” klubi mehmoni bo`ldi. Ushbu o`yinda 3:3 hisobidagi durang natijani qayd etdi. 

O`tkazilgan bahsdan so`ng Osiyo futbol konfederasiyasi “qaldirg`ochlar” yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamovni o`yinning eng yaxshi futbolchisi deb topdi. Bu haqda "Bunyodkor" klubi matbuot xizmati xabar bergan. 

Ta`kidlab o`tamiz, o`zbekistonlik iqtidorli futbolchi mazkur uchrashuvda raqib darvozasiga 2 ta gol kiritishga muvaffaq bo`lgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии