FQB Apple`dan 9 ta iPhone`ni buzib kirishni talab qildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 24.02.2016, 11:24

AQSh hukumati Apple kompaniyasidan bitta emas, umumiy hisobda 10 ta iPhone samrtfonlarini buzib kirishni talab qilmoqda, deb yozadi “Lenta.ru”.

“Adliya vazirligi Apple kompaniyasidan butun mamlakat bo`ylab kamida to`qqizta smartfonni buzib kirishni talab qilmoqda”, — deyiladi xabarda. 

Ma`lumotlarga ko`ra, Apple korporasiyasi hukumat talabini bajarmoqchi emas.

Joriy yilning 16 fevral kuni sud Apple  kompaniyasidan Kaliforniyaning San-Bernardino shahridagi otishmani sodir etgan terrorchilardan biri foydalangan iPhone 5c`ni buzib kirishni talab qildi. Sud kompaniyadan smartfon ichidagi ma`lumotlarni yo`qotmasdan uni ochish imkonini beradigan dasturiy ta`minot ishlab chiqishni so`radi. Apple rahbari Tim Kuk esa sud qarorini bajarishdan bosh tortdi.

AQSh adliya vazirligi kompaniyaning tutgan yo`lini qoraladi.

“Kompaniya o`z obro`si va marketing strategiyasiga putur etishi mumkinligini o`ylab, sud qarorini bajarishdan bo`yin tovlayotgani ko`rinib turibdi”, — deydi prokurorlar.

Adliya vazirligi suddan qaror ijrosini bajarishni talab qilmoqda.

FQB bilan yuzaga kelgan nizoli vaziyatda Apple kompaniyasining tutgan yo`lini Facebook va Twitter, shuningdek Google va WhatsApp ham qo`llab-quvvatlagan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии