Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Anqaradagi teraktni Turkiya fuqarosi amalga oshirgani ma`lum bo`ldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 24.02.2016, 11:30

Anqarada 17 fevral kuni sodir etilgan teraktni Turkiya fuqarosi bo`lgan hudkush-terrorchi amalga oshirgan, deya xabar beradi “Vesti” nashri. 

Voqea joyidan suriyalik Solih Nejor ismli qochoqning barmoq izlari topilgani bois, shu kunga qadar tergov teraktni aynan u amalga oshirgan deb hisoblagan edi. “Kurdiston ozodligi qarchig`aylari” tashkiloti teraktni amalga oshirganlikni o`z bo`yniga oldi. Ular buni Turkiyaning janubi-sharqida yashovchi kurdlar uchun olingan qasos deb izohlashdi. Ular o`zlarining saytiga terrorchining suratini joylashdi, shundan keyin uning otasi qidirib topilib, DNK testi o`tkazildi. Terrorchining ismi-sharifi Abdulboqi Somer bo`lib, u 16 yoshida  “Kurdiston ozodligi qarchig`aylari” tashkilotiga a`zo bo`lgan va 2014 yildan beri Iroqning shimolida yashagan. U Qochoqlar ishi bilan shug`ullanuvchi boshqarmada suriyalik qochoq niqobi ostida Solih Nejor ismi-sharifi bilan qayddan o`tgan. 

So`nggi xabarlarga ko`ra 17 fevralda harbiy yotoqxona oldida sodir etilgan teraktda 29 kishi halok bo`lgan, 60 kishi yarador bo`lgan, voqea joyida 20 kishiga tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.11.2017, 11:32

SUG'DIYONA