Korporativ boshqaruvning xalqaro tajribalari muhokama qilindi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 24.02.2016, 14:14

23 fevral kuni Korporativ boshqaruv ilmiy-ta`lim markazida  Korporativ boshqaruv kodeksining qabul qilinishi munosbati bilan Xalqaro konferensiya bo`lib o`tdi.

Tadbir O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo`mitasi va Korporativ boshqaruv ilmiy-ta`lim markazi tomonidan tashkil etildi, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo`mitasi Matbuot xizmati. 

Tadbirda 100 dan ortiq ishtirokchilar, shu jumladan Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporasiyasi, BMTning taraqqiyot Dasturi, O`zbekistondagi diplomatik korpus vakillari, Evropa menejment va texnologiyalar maktabi va “Indekon” (Germaniya) kompaniyasining xalqaro ekspertlari hamda aksiyadorlik kompaniyalar va qo`shma korxonalarning rahbarlari ishtirok etdilar.

Konferensiyada, biznes vakillari bilan ochiq muloqot uyushtirildi va unda aksiyadorlik jamiyatlari samaradorligini oshirish, aksiyadorlar huquqlarini ishonchli himoya qilishga, ularning boshqaruv tizimini takomillashtirish bo`yicha qabul qilingan Qonunlar va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlarining amaliyotdagi ijrosi hamda ushbu sohadagi  dolzarb muammolar va masalalar muhokama qilindi.

Konferensiyaning yalpi yig`ilishida Evropa menejment va texnologiyalar maktabi, “Indekon” (Germaniya) kompaniyasining vakillari, vazirlik va idoralar, shuningdek qo`shma korxonalarning rahbarlari so`zga chiqdilar.

Konferensiya ishtirokchilari ta`kidlaganlaridek, O`zbekistonda korporativ boshqaruv tizimidagi tamoyil va yondashuvlarini tubdan o`zgartirish, ishlab chiqarish, tashqi iiqtisodiy aloqalar va investisiya jarayonlariga korporativ menejmentning xalqaro zamonaviy standartlarini joriy qilish, boshqaruvning eskicha uslublari o`rniga yangi korporativ tashkilotlarni shakllantirish bo`yicha faol ishlar amalga oshirilmoqda.

Konferensiya ishtirokchilari ma`ruzalar va chiqishlarni tinglab hamda  muhokama qilib, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish yuzasidan asosiy yo`nalishlar va tavsiyalarni qayd etishdi.

Konferensiya yakunida ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqilgan korporativ boshqaruv Kodeksi, korporativ boshqaruvning eng ilg`or xalqaro tajribalarini o`zida jam etganligi va respublikadagi aksiyadorlik jamiyatlarida qo`llash uchun moslashtirilganligi hamda o`tkazilgan mazkur tadbir korporativ boshqaruv sohasidagi bilim va ko`nikmalar darajasini yanada oshirishga xizmat qilishi to`g`risida yakdil  fikrlar bildirildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии