Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Erkaklarning ayollarga xush yoquvchi salbiy xususiyatlari sanab o`tildi

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар:
Добавлено: 24.02.2016, 14:20

Buyuk Britaniya, Finlyandiya va polshalik psixologlar erkaklardagi qaysi xususiyatlar ayollarga ko`proq yoqishi yuzasidan tadqiqot o`tkazishdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Tadqiqot natijalari Evolution and Human Behaviour jurnalida chop etildi.

Mutaxasislarning fikriga ko`ra, ayollarga erkaklardagi bir qator salbiy jihatlar xush yoqadi. 

Shunday qilib, bu salbiy xususiyatlar narsissizm, makiavellizm va psixopatiyada namoyon bo`ladi.

Narsissizm o`z ichiga kalondimog`lik, g`urur, o`zini haddan ziyod yaxshi ko`rish kabi jihatlarni o`z ichiga oladi. 

Makiavellizm tushunchasining zamirida manipulyasiya, yolg`onchilik va o`z qiziqishlariga haddan ziyod berilish kabilar yotadi.

Psixopatiya esa yuraksizlik, shafqatsizlik, xudbinlik, jahlning tez-tez namoyon bo`lishi kabi jihatlarni o`z ichiga oladi. 

Psixologlarning fikriga ko`ra, ayollar aksariyat hollarda gavdali va keng yuzli erkaklarni yoqtirib qolishadi. Bunday tashqi ko`rinishga ega bo`lgan erkaklar esa yuqorida sanab o`tilgan salbiy xususiyatlardan kamida ikkitasiga ega bo`lishadi.

So`rovnomada 2370 nafar ayol ishtirok etgan. Psixologlar salbiy jihatlarga ega bo`lgan erkaklarning suratlari ko`rsatilib, ulardan birini tanlash so`ralgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

12.10.2017, 15:30

Savol-javob

SUG'DIYONA