Nepalda yo`qolgan samolyot parchalari topildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 24.02.2016, 16:51

Nepalda Tara Air aviakompaniyasining yo`lovchi tashuvchi samolyoti bortida bo`lgan 23 kishi halok bo`lgan, deya xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Qulagan samolyot bo`laklari qidiruv-qutqaruv operasiyasi boshlangandan so`ng to`rt soat o`tgach, Myagdi okrugi hududidan topilgan. Polisiya boshlig`ining so`zlariga qaraganda, samolyot inson oyog`i etmagan tog`li hududga qulagan bo`lib, uning maydoni ikki yuz kvadrat metrni tashkil etadi. Bu hududda ob-havo yomon bo`lgan. Samolyot qulagandan keyin yonib ketgan.

Viking 9N-AHH Twin Otter samolyoti 20 yo`lovchi bilan Nepaldagi Pokxar-Jomsom  shaharlari yo`nalishida parvozni amalga oshirgan, samolyot havoga ko`tarilganidan o`n daqiqa o`tgach, radarlar ekranidan yo`qolgan. Samolyot uchuvchisi Roshan Manandxar havoga ko`tarilgach, aviadispetcherga parvoz a`lo daraja o`tayotgani haqida axborot bergan. Taxminlarga ko`ra, samolyot tonggi qalin tuman oqibatida tog` cho`qqisiga urilgan. Uning bortida Nepal fuqarolaridan tashqari Quvayt, Xitoy fuqarolari ham bo`lgan.

Ma`lumot uchun, Nepaldagi samolyotbugun mahalliy vaqt bilan 7:05da yo`qolib qolgan edi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии