Saraton kasalliga chalingan 11 yoshli qizcha Nyu-Yorkda o`tkazilgan modalar namoyishida yulduzga aylandi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 25.02.2016, 11:48

Nyu-Yorkda o`tkazilgan modalar namoyishida hind dizayneri Naim Xon saraton kasalligiga chalingan 11 yoshli qizcha Triniti Moranning orzusini ro`yobga chiqardi. 

Kecha so`nggida qizcha dizayner bilan birgalikda podiumga ko`tarildi, deya xabar berdi “Segodnya.ua” nashri. 

 

Trinitining orzusini ro`yobga chiqarishda og`ir kasallikka chalingan bolalarning xohish va istaklarini amalga oshirishga ko`maklashadigan Make-a-Wish Foundation xayriya tashkiloti ham katta yordam berdi. “Qizchaning shodon va baxtli bo`lishi uchun yorqin, qizil rangli ko`ylakni tanladim, u albatta tuzalib ketadi, qolgan barcha orzu-niyatlari ham ro`yobga chiqadi”, dedi modeler. 

Bu texaslik Triniti Moranning Nyu-Yorkka qilgan ilk safari edi. “Men bolaligimdan go`zal model bo`lishni orzu qilganman, mana mo``jiza yuz berib, men podiumga chiqdim”, - dedi hayajon bilan qizcha.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии