Му5
44

Yangi dastur sizning qaysi mashhur aktyorga o`xshashingizni aniqlab beradi

Hi-tech 25.02.2016, 12:20
5694
Yangi dastur sizning qaysi mashhur aktyorga o`xshashingizni aniqlab beradi

Axborot texnologiyalari yashin tezligidan rivojalanayotgan davrda yashayapmiz. Yuqori texnologiyalarni yaratuvchi kompaniyalar bizni o`zining yangi xizmat turlari bilan ajablantirib kelmoqda.  Bu safar Microsoft kompaniyasi CelebsLike.me internet manbasi yordamida bir necha daqiqa ichida sizning qaysi aktyorga o`xshashingizni aniqlab beruvchi dasturni yaratdi. 

Hammasi juda oson: Sizdan saytga kirish va fotosuratingizni yuklash talab etiladi. Internet zahirasi esa sizga o`xshagan bir necha mashhur insonni ko`rsatadi. Hattoki sizning ularga necha foizga o`xshashingizni ham aniqlab beradi.  

suratni skaner qilishda yuz tuzilishi e`tiborga olinadi. Biroq, sochingizning uzunligi va rangi bilan dastur “hisoblashmaydi” ya`ni sizning yuz tuzilishingiz mashhurga o`xshashi mumkin, biroq sochingiz rangi unikidan farq qiladi.  

Manba: AdMe.ru

Шарҳлар