Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Yoshlarda internet madaniyatini shakllantirishning dolzarb vazifalari muhokama qilindi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:

25 fevral kuni O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Toshkent viloyati Kengashi tomonidan “Milliy axborot xavfsizligini ta`minlash va yoshlarda internet madaniyatini shakllantirishning dolzarb vazifalari” mavzusida davra suhbati o`tkazildi. 

Davra suhbatida O`zMTDP Toshkent viloyati Kengashi a`zolari, devon xodimlari, Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashi deputatlari,  tuman partiya faollari, korxona va tashkilotlar, ta`lim muassasalari rahbarlari, o`quvchi-yoshlar, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni paytda, global iqtisodiyotda kompyuter va telekommunikasiya texnologiyalari, dasturiy ta`minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko`rsatishning roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Axborot-kommunikasiya texnologiyalarining rivojlanishi, o`z navbatida, mamlakatning raqobatdoshlik darajasiga ta`sir ko`rsatadi, katta hajmda axborot to`plash va uni umumlashtirish imkonini beradi, boshqarishni strategik darajada tashkil etish uchun keng sharoit yaratadi.

Shu nuqtai nazardan O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi milliy axborot-kommunikasiya sohasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishni o`z faoliyatining ustuvor vazifalaridan deb biladi. Bunday strategiya globallashuv jarayonlarida xalqimiz madaniyatining asoslari daxlsiz saqlanib qolinishini, uning yanada rivojlanishini, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlari samaradorligi oshirilishini ta`minlashi lozim. Shundan kelib chiqib, partiya ushbu sohada yagona milliy axborot makonini shakllantirish orqali zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, milliy axborot xavfsizligini ta`minlash, milliy axborot makonini bosqichma-bosqich rivojlantirish tarafdoridir.

Shu o`rinda bugungi kunda milliy axborot xavfsizligini ta`minlash va yoshlarda internet madaniyatini shakllantirish  o`ta muhim vazifa hisoblanadi. Bugungi kunda mobil aloqa vositasidan foydalanmaydigan va albatta internet tarmoqlaridan foydalanmaydigan yoshlar topilmasa kerak. Bir tomondan bu jamiyatimizda zamonaviy axborot  texnologiyalarini rivojlanishiga yoshlarimizning e`tibori va qiziqishi kuchayayotganidan quvonarli holat deb qabul qilinsa, ikkinchi tomondan aynan ma`naviy tahdidlar, “ommaviy madaniyat”ning turli ko`rinishlari  ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalib, yoshlarimizni ma`naviy inqirozga etaklayotgani hammani tashvishga soladi. 

Yoshlarda internet axborotlaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish borasida amaliy ishlar belgilanib,  bu vazifani og`ishmay  ijrosini ta`minlashga e`tiborni aslo susaytirib bo`lmaydi. 

Tadbirda ishtirok etgan yoshlar ham o`z fikr va mulohazalarini bildirishdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram