Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Onalar uchun aqlli bolalar aravachasi ishlab chiqariladi

Бўлимлар: Lady
Теглар:

Indiegogo saytida Smartbe — aqlli bolalar aravachasini ishlab chiqarish uchun mablag` to`play boshlaganlari ma`lum qilingan.

Shunisi qiziqki, bolalar aravachasi ota-onalar bilan birga, avtomatik tarzda (aniqrog`i, Android OT yoki iOS asosida smartfon yoki aqlli soatlarga bog`liq holda) harakatlanishga qodir bo`lib, tezlik va harakat yo`nalishiga muvofiq amal qiladi. Shu tariqa, aqlli bolalar aravachasi onaga ergashib, toza havoda sayr etishda hamroh bo`lishi mumkin.

Bolalar aravachasining afzalliklari qatoriga yomg`irdan, quyosh taftidan himoya qilishdagi g`amxo`rligini kiritish mumkin, musiqa uchun kiritilgan qator akustik tizimlari, bolalar ovqatini ishitish uchun maxsus bo`limi ham mavjud. Himoya pardasi elektr simlari asosida ochilib, yopiladi. Shuningdek, elektr simida bolalar aravachasining o`zi ham taxlanib, yig`iladi va ishga shaylanadi, bu haqda Uzinfocom.uz sayti yozadi.

Aqlli bolalar aravachasi xavfsizlik kamari va g`ildirab ketib qolishiga qarshi tizim bilan jihozlangan bo`lib, agar aqlli bolalar aravachasi smartfon nazoratidan chetga chiqib ketsa, mustaqil ishlay boshlaydi. Bolalar aravachasida kamera o`rnatilgan bo`lib, smartfon ekranidan bolani nazorat qilish mumkin, mikrofon esa bolalar aravachasi ichidagi ovozlarni eshitish imkonini beradi. Bundan tashqari, bolalar aravachasi yonida signal chiroqlari va boshqaruv pulti ham mavjud.

Ishlab chiquvchilar bolalar aravachasida barcha funksiyalar motorlashtirilganligi, shu bilan birga, qo`lda ham ishlatish mumkinligini ta`kidlaydilar, ya`ni bolalar aravachasi akkumulyatori ishdan chiqib qolmaydi. Aytgandek, bir quvvat olish kuchiga asosan besh-olti soat foydalanish mumkin.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии