Daydi it mashina urib ketgan qizni o`limdan qutqardi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 26.02.2016, 05:51

Poltavada egasiz daydi it mashina urib ketgan 20 yoshli qizni o`limdan qutqardi. It qizni qutqaruvchilar qidirib, topgunga qadar yoniga yotib borib, izg`irindan asragan, deya xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Polisiyaning bergan ma`lumotiga ko`ra, qiz o`qishdan qaytayotganda uni mashina urib yuborgan. Oqibatda qiz og`ir tan jarohati olgan, haydovchi jinoyatini yashirish maqsadida uni o`rmonga olib borib tashlagan. It muzlab qolmaslikka yo`l qo`ymagani tufayligina qiz o`limdan omon qolgan.

Polisiya olti soatdan keyin qizni qidirib topgan. Mazkur YTH yuzasidan noma`lum haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qidiruv e`lon qilingan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08