Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Moskva-Tailand yo`nalishida uchayotgan Boeing samolyoti Toshkentga favqulodda qo`ndirildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:

Rossiyaning Domedovo aeroportidan Pxuketga parvoz qilayotgan “Azur-Eyr” aviakompaniyasining  Boeing 767-300 samolyoti Toshkent shahriga favqulodda qo`ndirildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda

Samolyotning favqulodda qo`nishni amalga oshirishiga dvigatel moyi darajasining pasaygani tufayli  datchikning ishlab ketishi sabab bo`lgan. 

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun 26 fevral kuni soat 5:38 larda bortida 327 nafar yo`lovchi bo`lgan samolyot Toshkent shahrida favqulodda qo`ndirilgan.

Hozirda aviakompaniya yo`lovchilarni manziliga eltib qo`yish uchun ikkita zahira samolyoti ajratishni rejalashtirmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Lady