Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

80 yoshli Armen Jigarxanyan 36 yoshli muxlisasiga uylandi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:

Aktyor Armen Jigarxanyan 36 yoshli mahbubasi, o`zi asos solgan dramatik teatr direktori Vitalina Simbalyuk-Romanovskaya bilan qonuniy nikohdan o`tdi, deb xabar berdi “Lady.mail.ru” nashri. 

Ular to`yni tor doirada nishonlab, tantanaga faqat eng yaqin insonlarinigina taklif etishdi. 

Bu Armen Jigarxanyanning uchinchi nikohi, Vitalina yoshligidan Armen Jigarxanyanning ashaddiy muxlisi bo`lgan. U bolalik orzularini ro`yobga chiqarish maqsadida Kievdan Moskvaga ko`chib kelib, aktyor bilan tanishgan. Ularning orasidagi iliq munosabatlarni aktyorning singlisidan boshqa hech kim bilmagan. Jigarxanyan kasal bo`lib shifoxonaga tushib qolmaganda, bundan ko`pchilik xabar topmagan bo`lardi. Vitalinaning aytishicha, haqiqiy his-tuyg`ular har qanday qiyinchilikni engish xususiyatiga ega.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии