Долзарб мавзулар Moliya

Endi bir plastik kartochkadan boshqasiga pul o`tkazilganda xizmat haqi undirilmaydi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 26.02.2016, 21:27

Markaziy bank va O`zbekiston banklar assosiasiyasi banklararo chakana to`lov tizimida mijozlarga xizmat ko`rsatishda “so`m” plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank kredit tashkilotlari amal qilishi lozim bo`lgan tariflarning yangi rejasini ishlab chiqdi.

Markaziy bankning Pul muomalasi departamenti direktori o`rinbosari Faxriddin Boboevning so`zlariga ko`ra, bank emitentidan qat`i nazar, jismoniy shaxsning plastik kartochkasidagi mablag`lar boshqa bir jismoniy shaxs plastik kartochkasiga o`tkazilganda yoki kirim qilinganda bank xizmati haqi undirilmaydi.

“Buni oddiy qilib aytsak, - deya davom etdi F.Boboev, - Bir bankning mijozi o`z plastik kartochkasidagi pullarni boshqa bank mijozi bo`lgan shaxs plastik kartochkasiga istalgan hududda o`tkazish  imkoniga ega bo`ldi. Hozirga qadar bu tarzda, ya`ni bir bankning mijozi ikkinchi bir bank mijoziga pul o`tkazishi texnik sabablarga ko`ra amalga oshirilmas edi. Bu kabi qulaylik, shubhasiz, naqd pulga bo`lgan talabni kamaytirib, pul aylanishining tezlashishiga sharoit yaratadi”.

Shuningdek, yangi tariflar rejasida tadbirkorlik sub`ektlariga ham qator qulayliklar yaratilgan. Masalan, ular uchun korporativ plastik kartochka emissiya qilinganda bank xizmati haqi Markaziy bank rasmiy kursi bo`yicha 5 evrogacha pasaytirildi. Ilgari bu miqdor mijoz bilan kelishuv asosida 20 evrogacha etib belgilangan edi.

Yangi tariflardagi yana bir o`zgarish yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorning shikastlangan va yo`qotilgan korporativ kartochkalari bilan bog`liq. Yaroqsiz va yo`qolgan korporativ kartochkalar yangisiga almashtirib berilayotganda bank 10 evrogacha (ilgari 25 evrogacha) xizmati haqi undiradi.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

19.09.2017, 08:39
18.09.2017, 21:48