Toshkentda ukrain shoirasi Lesya Ukrainkaning 145 yilligi nishonlandi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 27.02.2016, 12:05

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida mashhur ukrain shoirasi Lesya Ukrainkaning 145 yilligiga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi. 

Respublika Baynalmilal madaniyat markazi, “Slavutich” ukrain madaniyat markazi va uning Toshkent viloyat viloyat bo`limi, O`zbekiston-Ukraina do`stlik jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda tegishli idora va muassasalar vakillari, taniqli olim va mutaxassislar, she`riyat ixlosmandlari ishtirok etdi. 

Lesya Ukrainka (1871-1913) ukrain adabiyotining etuk namoyandalaridan sanaladi. U o`zining qisqa umri davomida ona Vatanga muhabbat, hamjihatlik, sevgi va sadoqat haqidagi o`lmas she`rlar, dostonlar yaratdi. Bir qancha  xorijiy tillarni bilgan shoira dunyo adabiyoning o`lmas namunalarini ona tiliga tarjima qildi. U 12 yoshdan to umrining oxirigacha bedavo dard – suyak sili bilan kurashib yashadi, o`z hayotini ijodga, madaniyatga bag`ishladi. 42 yoshda vafot etgan shoira o`zidan boy ma`naviy meros qoldirdi. Uning asarlari dunyoning turli tillariga, jumladan o`zbek tiliga ham tarjima qilingan. 

Tadbirda so`zga chiqqan Respublika baynalmilal madaniyat markazi raisi o`rinbosari Sergey Mironov, “Slavutich” ukrain madaniyat markazi rahbari Vladimir Boyko, Ukraninaning  mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Yuriy Savchenko va boshqalar o`zbek va ukrain xalqlarining madaniy aloqalari, shuningdek shoiraning ibratli hayot yo`li va betakror ijodi haqida to`xtaldilar.

Tadbirda shoiraning asarlaridan namunalar o`qildi, kuy va qo`shiqlar ijro etildi, filmlar namoyish qilindi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27