Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Xabi Alonso soliq to`lamaganlikda ayblanmoqda

Бўлимлар: Futbol
Теглар:

“Bavariya” yarim himoyachisi Xabi Alonso Ispaniyada soliq to`lashdan bosh tortganlikda ayblanmoqda. Bu haqda goal.com nashri xabar bermoqda. 

Ma`lumotlarga ko`ra, ispaniyalik prokuror Xose Xaver Polo ushbu ayblovni e`lon qilgan. Prokuror mana shu masala bo`yicha sudga murojaat qilib, Alonsoga nisbatan ish qo`zg`atishni so`ragan. 

Prokurorning aniqlashicha, ispaniyalik futbolchi 2009-2011 yillar davomida 3 mln evro soliq to`lamagan. U paytda Alonso “Real” safida to`p surgandi. 

Ma`lumot o`rnida, Xabi Alonso joriy mavsumda “Bavariya”ning 27 o`yinida maydonga tushib, bitta gol kiritishga muvaffaq bo`lgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram