Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Qizlarga sevgi izhor qilgan Lola tanqid qilindi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:
Добавлено: 27.02.2016, 14:04

Xonanda Lola Yo`ldosheva Instagram ijtimoiy tarmog`iga yangi suratini joylab, unga quyidagicha izoh qoldirdi:

“Xayrli tong, azizlarim! Qizlar, bahor tobora yaqinlashgani sayin biz ham chiroy ochib bormoqdamiz. Bugun o`zingizni seving! Bugun kunni o`zingiz-ya`ni eng sevimli insonga bag`ishlang! O`zingizni xursand qiling, siz eng yaxshisiga munosibsiz, siz-eng yaxshisisiz! Har birimiz Olloh yaratgan durdonamiz! Sizlarni sevaman!”

Xonandaning muxlislariga atalgan ushbu dil izhorini har kim har xil qabul qildi. Kimdir sevimli san`atkoridan eshitgan so`zlaridan mamnun bo`lsa, kimdir buni tanqid ostiga oldi. 

Internet foydalanuvchilaridan biri “Bu so`zlarni qaysi ma`noda aytganingizdan qat`iy nazar, men barcha qizlarga o`zlarini emas, yigitlarni sevishni maslahat berardim”, degan izoh qoldirdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes