Marg`ilonda 1 sinfga qabul uchun 100 AQSh dollari talab qilgan maktab direktori qo`lga olindi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 27.02.2016, 15:30

Marg`ilon shahridagi maktablardan birining direktori Erkliyor Oxunboboev pora olayotgnada qo`lga tushdi. Bu haqda “Huquq” gazetasiga asoslanib, “Uz24.uz” xabar bermoqda

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida yashovchi ikki ayol o`z farzndlarini maktabga joylashtirish maqsadida, direktorga murojaat qilgan. Maktab direktori esa 1 sinfda bo`sh o`rinlar qolmaganini aytib, ularga rad javobini bergan. Biroq, direktor ayollarga agar ular 100 AQSh dollari va 100 ming so`m berishsa, “bir ilojini qilishga” va`da beradi. Ayollar esa ularda buncha miqdordagi pul yo`qligini aytadi. Shunda direktor ularga dastlab 200 ming so`m, keyinroq esa yana 200 ming so`m olib kelib berish sharti bilan 1 sinfdan joy qilib berishni taklif qildi. Pora olaverib, tajribasi oshib ketgan E.Oxunboboev ayollardan pulni olish uchun qorovulxonaga boradi va ulardan pulni ko`rpa tagiga tashlab ketishini so`raydi.

Keyingi safar pulning qolgan qismini olayotgan direktor ehtiyotsizlikka yo`l qo`yyadi va pulni olib, o`z xonasidagi shkafga solib qo`yadi. Mana shu paytda xonaga huquq-tartibot organi xodimlari kirib keladi va poraxo`r direktorni qo`lga oladi. Tergov-surishtiruv ishlari mobaynida E.Oxunboboev bu pullarni maktabni ta`mirlagan ustalarga bermoqchi bo`lganini aytadi. Maktab direktoriga amaldagi qonun hujjatlariga asoslanib, jazo tayinlandi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии