Ayollar ko`rishi kerak bo`lgan 10 ta film

Бўлимлар: Lady
Теглар:
Добавлено: 27.02.2016, 17:12

Quyida sanab o`tilayotgan filmlar sizni muhabbatning go`zal olami bilan oshno etadi.Ularni tomosha qilar ekansiz, qalbingizda o`ziga xos iliqlikni tuyasiz.  

 “O`gay ona”

“O`gay ona”-kuchli hissiyotlar, onalik baxti, xiyonat va inson irodasini enga olmagan mashaqqatlar haqidagi film. Hayot oq va qora katakchalardan iborat. Qora kunlardan so`ng, albatta baxtli kunlar keladi. Syuzan Sarandon va Juliya Roberts ijrosidagi bosh qahramonlarning hayoti misolida mana shu g`oyalar ochib berilgan.

“Bridjit Jonsning kundaligi”


Mazkur film Bridjit Jons ismli oddiy qizning hayotidan hikoya qiladi. Bu qiz atrofdagilar u haqda nima deb o`ylashlari haqida umuman o`ylamaydi. Bridjit agar istasa, quyon kiyimni kiyib, ko`chaga chiqadi va bu ko`rinish uning boshqalar oldida hijolat bo`lishiga asos bo`la olmaydi.

“Ko`zguning ikki yuzi”

Mazmunli syujet va ajoyib aktyorlar ijrosi mujassamlashgan film.  Barbara Streynzard bu filmda ham bosh rolni ijro etgan, ham o`zi rejissyorlik qilgan. Betakror va ko`zni quvontiruvchi muxabbat qissasi haqidagi film.

 “Dushman bilan bir uyda”

Kimlar uchundir ko`l bo`yidagi oynavand uy-orzu, yana kimdir uchun esa bu uy uni tark etish uchun hayotni boshidan boshalsh kerak bo`lgan-oltin qafas. Juliya Roberts va Patrik Bergin bosh qahramonlarni gavdalantirgan mazkur triller mana shu haqda.

 “Shamollarda qolgan hislarim”

Yaxshi kinolar juda ham ko`p. Ammo ulardan shundaylari borki, ularni san`at asari deging keladi. “Shamollarda qolgan hislarim” filmini ham mana shunday kinolar qatoriga qo`shish mumkin. Ruhan kuchli ayol hayoti haqida hikoya qiluvchi mazkur filmni har safar ko`rganimizda o`zimiz uchun nimanidir kashf etamiz.

 “Askar Jeyn”

Ayol irodasi haqidagi o`lmas asar. “Askar Jeyn”da inson irodasi qanchalik mustahkam ekanligi aks ettirilgan. Film syujeti sizni o`ziga bog`lab oladi va unutilmas sahnalari qalbingizdan joy oladi.

 “Prada tutgan iblis”

 
Moda olami shubhasiz go`zal. Biroq u qanchaik go`zal bo`lmasin, shu qadar beshafqat hamdir. Bu erda arzimas bo`lib tuyulgan xatoni amalga oshirsang bas, Olimp cho`qqisidan qulab ketasan. Meril Strip va Enn Xetueylarning ijrosi filmga yanada yorqinlik bag`ishlagan.

“Qirolicha”

 

Rejissyor Stiven Frirzning “Qirolicha” filmi malika Diana vafotidan so`ng qirollik oilasida bir muddat hukm surgan mashaqqatlar haqida hikoya qiladi. O`zi tomonga muttasil tosh otiladigan qirolicha his-tuyg`ularga berilishi kerakmi yoki davlat rahbarlariga xos qat`iyatni saqlab qolishi kerakmi? Mana shunday holatlar filmda mahorat bilan ochib berilgan.

“Yurak bor joyda”


 

Muhabbat, do`stlik va kechirimlilik haqidagi ajoyib film. Homilador qizni sevgan insoni tashlab ketadi. Qiz unga o`zidan ham ko`proq ishonar, uni o`z umr yo`ldoshi deb bilar edi. Ammo hayot qiz o`ylaganchalik beshafqat emas. Birgina muammoni, to`siqni deb, taqdirni ayblab bo`lmaydi. Har doim yaxshilikka, ertangi kunga ishonib yashash kerak. Film mana shular haqida hikoya qiladi.

“Ameli”

Xayolparast Ameli ismli qiz o`z uyidan qadimiy o`yinchoqlar solingan idishni topib oladi va uni egasiga qaytarish payiga tushadi. Bu harakat qizning hayotini o`zgartirib yuboradi va u boshqalarning hayotiga kutilmagan usullardar aralasha boshlaydi. Mazkur film bizning ham hayotimizni o`zgartirib yubordi. Endilikda unda yangragan kompozitor Yan Tersenning musiqalarisiz Parijni tasavvur qilish mushkul.

Manba:Adme.ru

  

 

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии