"Madrid derbisi"da "Atletiko" "Real" ustidan g`alaba qozondi

Бўлимлар: Futbol
Теглар:
Добавлено: 27.02.2016, 23:00

Ispaniya chempionati 26-tur markaziy o`yinida "Real" o`z maydonida "Atletiko" bilan o`zaro bahs olib bordi.

Qiziqarli kechgan o`yida "hindular" Antuan Grizmann tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g`alaba qozondi. 

Fransiyalik hujumchi 53-daqiqada "Atletiko"ga 3 ochko keltirgan gol muallifi bo`ldi. Shu tariqa, Diego Simeone jamoasi 58 ochko jamg`ardi. "Real" 54 ochko bilan qolib ketdi. 

Qayd etish joiz, "Atletiko" Ispaniya chempionatida "Real"ni "Santyago Bernabeu"da qatorasiga uch marotaba mag`lub qilgan birinchi klub bo`ldi. 

Ispaniya chempionati, 26-tur
"Real" – "Atletiko - 0:1

Gol: Grizmann (53)

Ogohlantirishlar: Vaskes (63), Ramos (90) — Godin (31), Filipe Luis (37), Ximenes (72), Korrea (90)
"Real" – Navas, Varan, Karvaxal, Danilo, Ramos, Modrich, Kroos, Isko (Xese, 70), Xames (Vaskes, 57), Ronaldu, Benzema (Mayoral, 46).

"Atletiko" – Oblak, Ximenes, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Fernandes (Kranevitter, 77), Gabi, Koke, Saul, Grizmann, Torres (Korrea, 81).

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08