Alisher Usmonov “Arsenal”dagi aksiyalar ulushini 30,04 foizgacha ko`paytirdi

Бўлимлар: Futbol
Теглар:
Добавлено: 28.02.2016, 18:56

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov “Arsenal” futbol klubiga tegishli 18695 dona aksiyasini xarid qilib, shu orqali London klubidagi ulushini 30,04 foizgacha oshirdi. 

“Men “Arsenal”ga uzviy bog`liqman. Bu erdagi ulushimni uzoq muddatli sarmoya sifatida g`urur bilan saqlayman. Jamoaning muvaffaqiyati uchun qo`limdan kelgan barcha ishni qilaman”, — deydi 62 yoshli tadribkor.

Angliyaning mashhur Forbes jurnali Alisher Usmonovning moliyaviy holatini 9,2 milliard funtga bahlamoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии