Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Toshkentda Art&Fashion Week 2016 haftaligi bo`lib o`tadi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:

10-15 mart kunlari Toshkentda Yoshlar ijod saroyida Art&Fashion Week 2016 san`at haftaligi o`tkaziladi.

Haftalikning asosiy maqsadi milliy va zamonaviy modani rivojlantirish, yosh dizaynerlar va mato ishlab chiqarish, zargarlik san`ati bilan shug`ullanuvchi  ijodiy sulolalarni qo`llab-quvvatlashdan iboratdir.

Art&Fashion Week 2016 dasturiga moda va san`at ko`rgazmasi, mahoratli dizaynerlar va stilistlardan mahorat darslari, O`zbekistonning yosh modelerlari yaratgan liboslar namoyishi, Muxtorxon Isaxonovning ko`rgazmasi va boshqa tadbirlar kiritilgan, deb yozadi Uz24 nashri.

San`at haftaligini Milliy liboslar festivali defilesi hamda gala-konsert yakunlab beradi. Faol ishtirokchilar taqdirlanadi.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии