FIFAning yangi prezidenti oylik maoshi qanchaligini bilmasligini aytdi

Бўлимлар: Futbol
Теглар:
Добавлено: 01.03.2016, 14:10

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA)ning yangi prezidenti Janni Infantino oylik maoshi qancha ekanligidan bexabarligini bildirdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Yangi lavozimdagi birinchi ish kunidan keyin Infantino federasiya prezidentining oylik maoshi haqida tasavvurga ega emasligini ma`lum qildi: “Xoh ishoning, xoh ishonmang, men bunday yuqori lavozimga pul topish uchun o`z nomzodimni qo`yganim yo`q. Oylik maosh haqida hali hech kim bilan gaplashmadim, hamma narsaning o`z vaqti-soati bor”.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии