Rossiyada dunyodagi eng mitti kitob yaratildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 01.03.2016, 15:10

Rossiyaning Novosibirsk shahrida yashovchi mikrominiatyurachi Vladimir Aniskin dunyodagi eng mitti kitobni yaratdi, deb xabar berdi, “Lenta.ru” nashri.

Uning varaqlar o`lchami 70-90 mikrometrni ( ya`ni 0,07 millimetrdan 0,09 millimetrgacha) tashkil etib, yaponiyalik ustalar tomonidan 2013 yilda yaratilgan, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan mitti kitobchadan 88 barobar kichkinaligi bilan farq qiladi.

Aniskin ko`knori doni ichiga oltin plastinkani joylashtirdi. Uning yuqori qismiga esa mikrokitobni, pastiga esa alohida sahifalarini joylashtirdi. Sahifalar juda ingichki metall igna yordamida varaqlanadi. 

“Kitob ikki xil variantda yaratilgan. Birinchi variant “Chapaqay” deb atalib, unda burgaga taqa qoqqan ustalarning familiyalari jamlangan. Ikkinchi variant esa “Alfavit” deb ataladi”, deya izoh berdi Vladimir Aniskin.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии