Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Muhojir bolalarning dengiz qa`riga g`arq bo`lishi davom etmoqda

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 02.03.2016, 11:44

2 sentyabr kuni o`limi butun dunyoni larzaga solgan suriyalik bolakay Aylan Kurdining vafot etganidan so`ng ham hozirgacha Turkiyadan Gresiyaga o`tish uchun harakat qilgan 300 dan ortiq muhojir bolalar dengiz qa`riga g`arq bo`lgan, deb xabar berdi “Euronews” nashri. 

Dengiz qirg`og`ida jasadi yotgan bolakayning surati Evroittifoqning muhojirlarga nisbatan salbiy fikrini o`zgartirib, muhojirlik inqiroziga taalluqli hal qiluvchi qaror chiqarishga shoshiltirgan edi.    

Bryussel muhojirlarni taqsimlash bo`yicha loyiha taklifini berib, qochoqlarni joylashtirishni yo`lga qo`ygunga qadar chegaralarda nazoratni kuchaytirdi. Ammo ular bu vazifaning uddasidan chiqa olmadilar. 

O`tgan yili Evrokomissiya O`rtaer dengizida qidiruv-qutqaruv operasiyalarini o`tkazish uchun 70 million evro mablag` ajratgan edi. Biroq ko`rilgan chora-tadbirlarga qaramay, hamon begunoh norasidalar O`rtaer va Egey dengizlari qa`riga g`arq bo`lmoqdalar. 

2015 yil oktyabr oyining o`zida Evropaga etib borishga harakat qilgan 84 nafar bola dengizda halok bo`lgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25