“O`zekspomarkaz”da xalqaro ko`rgazmalar ish boshladi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 03.03.2016, 05:25

“O`zekspomarkaz”da UzBuild qurilish mahsulotlari, Aqua-Therm Tashkent iqlim va suv ta`minoti uskunalari hamda MebelExpo Uzbekistan mebel va yog`ochga ishlov berish bo`yicha ixtisoslashgan xalqaro ko`rgazmalar ochildi. 

Tadbirlar O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi, “O`zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, “O`zkommunxizmat” agentligi, Savdo-sanoat palatasi, “ITE Uzbekistan” xalqaro ko`rgazma kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. 

UzBuild ko`rgazmasi o`n ettinchi marta o`tkazilmoqda. Bu uning mamlakatimiz qurilish sanoatida tutgan o`rnidan dalolat beradi. Ko`rgazma tarmoq ekspertlari va tadbirkorlarni birlashtirib, zamonaviy texnologiyalarni namoyish qilish va tajriba almashish maydoniga aylangan. Joriy yilda ko`rgazmada Avstriya, Belarus, Birlashgan Arab Amirliklari, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Ozarbayjon, Polsha, Rossiya, Finlyandiya, Xitoy va boshqa mamlakatlardan 140 kompaniya ishtirok etmoqda. Ular eshik-rom, lok-bo`yoq, pardozlash materiallari, yoritish va elektr texnikasi kabi keng turdagi mahsulotlarni taqdim etmoqda. Qurilish materiallari, keramika va pardozlash toshlari bo`limida qatnashayotgan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari faolligi e`tiborga loyiq. 

Ko`rgazma ishtirokchilarining 75 foizini xalqaro kompaniyalar tashkil qilmoqda. Bu qurilish sanoatining dunyoga taniqli vakillarining o`zbekistonlik hamkasblari bilan hamkorligi izchil rivojlanayotganidan dalolat beradi. 

Joriy yilda ko`rgazmada 12 mamlakatdan 50 kompaniya ishtirok etmoqda. Ular orasida uy-joy va kommunal xo`jaligi hamda boshqa sohalar uchun energiya samaradorligi yuqori bo`lgan texnologiya va materiallarning ilg`or echimlarini taklif qilayotgan nufuzli ishlab chiqaruvchilar ko`p.

MebelExpo Uzbekistan ko`rgazmasi barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg`otmoqda. Joriy yilda alohida pavilonga joylashtirilgan ekspozisiya bir necha, jumladan, “Yog`ochga ishlov berish uskunalari” va “Yog`ochga ishlov berish anjomlari” kabi bo`limlarni o`z ichiga olgan. 

Ko`rgazmada 15 mamlakatdan 90 dan ortiq kompaniya o`z stendlarini namoyish qilmoqda. Ishtirokchilar orasida Avstriya, Germaniya, Italiya, Litva, Xitoy, Polsha, Rossiya, Sloveniya, Chexiya, Shvesiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlar vakillari bor. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08