Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Haftada 5 kun ishlaydiganlar 1 soat ortiq mehnat qiladilar

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 03.03.2016, 11:47

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga binoan shanba 5 mart dam olish kuni 7 mart dushanba kuniga ko`chirilgani haqida xabar bergan edik.

O`zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligi ish kunining ko`chirilishini quyidagicha izohladi.

Olti kunlik mehnat faoliyati bilan band bo`lgan xodimlar uchun ish vaqti 2016 yil mart oyi uchun o`zgarishsiz qoladi. Besh kun mehnat qilib shanba, yakshanba kuni dam oladigan xodimlar uchun 2016 yil mart oyida ish vaqti 1 soatga uzayadi.

5 mart shanba, dam olish kunining ish kuni deb e`lon qilinishi O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 121-moddasida ko`zda tutilgan harakatlariga to`g`ri kelmaydi, ya`ni bayram oldi, arafa kuni hisoblanmaydi.

Ish vaqti me`yorga muvofiq 2016 yil yarim yilligi, birinchi choragi va 2016 yilning 9 oyligi, to`liq yil davomida 1 soatga o`zgaradi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

12.10.2017, 15:30