Inson hayotidagi baxtli hodisalar yurak etishmovchiligini keltirib chiqarishi ma`lum bo`ldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 03.03.2016, 12:13

Olimlarning aniqlashicha, baxtli hodisalar yurak etishmovchiligini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablardan biri bo`lishi mumkin. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.  Inson hayotida yuz beruvchi baxtli hodisalar kardiomiopatiya takosubo kasalligini keltirib chiqaradi. 

Kardiomiopatiya takosubo— noishemik kardiomiopatiyaning bir turi, unda yurak mushkullarining qisqarishi kamayadi. Bu esa o`tkir yurak etishmovchiligini keltirib chiqaradi.  

Odatda bunday turdagi kasallikni chuqur qayg`uga botish va stress holati keltirib chiqar edi. Olimlar o`tkazgan yangi tadqiqotlar natijasida ma`lum bo`lishicha, kardiomiopatiya yuzaga kelishi uchun baxtli hodisalar ham sabab bo`lar ekan.  Ular tadqiqot mobaynida butun dunyo bo`icha 1750 nafar kardiomiopatiya bilan kasallangan bemorlar organizmini o`rgandi.  

485 nafar bemorda yurak etishmovchiligi turli emosional his-tuyg`ular oqibatida kelib chiqqani ma`lum bo`ldi. Jumladan, 20 kishida mazkur kasallik baxtli hodisalar(to`y, nevara ko`rish, sevimli jamoasining g`alabasi)dan so`ng rivojlangan.  Tadqiqot ishtirokchilarining 96 foizida qayg`uli hodisalar( yaqin qarindoshiniing o`limi, ajrashish) tufayli kasallik vujudga kelgan.

Aksariyat hollarda yurak etishmovchiligi bilan ayollar ko`proq og`riydi. Ayniqsa, 65 va undan yuqori yoshdagi ayollarda mazkur kasallik ko`p uchraydi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии