Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Argentina qirg`oqlaridagi delfinlar sirli ravishda nobud bo`lmoqda

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 03.03.2016, 12:27

Argentinaning Buenos-Ayres viloyatidagi plyajlarda so`nggi bir necha kun ichida 23 ta o`lik franuiskan delfinlari topildi, deb xabar beradi “Vesti” nashri. 

Ularning tanasida baliq ovlash uchun mo`ljallangan to`rlarning izi topilgan. Mundo Marino fondi olimlari delfinlarning qirilib ketayotgani sababini aniqlash uchun yig`ildi. Fondning Facebook ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida biologlar aholini o`lik delfinni ko`rgan taqdirida uni suratga tushirib, fondning pochtasiga yuborishini so`radi. Olimlar o`lik delfinni qo`l bilan ushlab ko`rish mumkin emasligini ham eslatib o`tdi. Ular yuqumli kasallikka chalingan bo`lishi ham mumkinligi aytib o`tildi. 

Fransiask delfinlari qirilib ketishi olimlarni tashvishlantirmoqda. Agar ular bir yilda 500-800 taga kamaysa, 30 yildan so`ng ulardan asar ham qolmaydi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA