Istanbul shahrida navbatdagi terakt sodir bo`ldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 03.03.2016, 14:50

Turkiyaning Istanbul shahri Bayrampasha tumanidagi polisiya uchastkasi yaqinida portlash sodir etildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ikki terrorchi ayol polisiya uchastkasi tomonga bir nechta granatani uloqtirgan.  Portlash sodir etilgan hududda o`q ovozi ham eshitilgan. Hozirda terrorchi ayollar o`sha hududga yaqin joydagi binoga kirib, yashirinib olgan. Polisiya tumannni o`rab olgan va hujumga tayyorgarlik ko`rmoqda. 

Turk OAVlarining ma`lum qilishicha, terrorchilardan biri jarohatlangan.  

2016 yilniing o`tgan ikki oyi ichida Turkiyada bir nechta portlash sodir bo`ldi. Jumladan, 17 fevral kuni Anqara shahridagi harbiylar yotoqxonasi yaqinida minalangan avtomobil portlab ketdi. 

12 yanvar kuni esa Istanbul shahrining Sultonahmad maydonida yirik terakt sodir bo`ldi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08