Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Lolaning kelinlik libosi bilan bog`liq sir fosh bo`ldi(audio)

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:
Добавлено: 03.03.2016, 15:52

Xonanda Lola kuni kecha poytaxt radiostansiyalari orqali yangi “Sog`indim” deb nomlangan qo`shig`ini taqdim etdi. Qo`shiq xonandaning besh yillik hamkorlari Sarvar va Komil qalamiga mansub. Xonanda Instagram`dagi sahifasida buni aytib o`tar ekan, “Qalbimni his etganingiz uchun rahmat” deya qo`shiq ijodkorlariga minnatdorchilik bildirdi. 

Shuni alohida ta`kidlab o`tish kerakki, xonanda Lola anchadan beri ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`zining kelinlik libosidagi suratlarini joylab, “Tez kunda” deya muxlislarida katta qiziqish uyg`otib kelayotgan edi. Bu orada ayrim muxlislari uni tez orada turmushga chiqayotganini taxmin qilishga ham ulgurdi. Va nihoyat, kecha barcha sirlar oshkor bo`ldi. U rostan ham kelinlik libosini kiydi, faqat klipda. “Sog`indim” qo`shig`iga ishlangan klip tez orada e`tiboringizga havola etiladi. Hozircha esa, Lolaning yangi qo`shig`idan bahramand bo`ling.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25