Shimoliy Koreya urushga tayyorgarlik ko`rmoqda

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 04.03.2016, 05:48

Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In KXDR yadro qurollarini istalgan vaqt ishlatishga tayyorlab qo`yishni buyurdi.

“Shimoliy Koreya unga birinchi bo`lib yadro zarbalarini berishga imkon beradigan o`zining harbiy doktorinasiga o`zgartirishlar kiritadi, – deya xabar beradi Janubiy Koreyaning “Ryonxap” axborot agentligi. – “Koreya yarim orolidagi vaziyat keskin xavf ostida qoldi.”

Shimoliy Koreya rahbariyatining bunday qarori BMT Xavfsizlik Kengashining KXDRga nisbatan qat`iy sanksiyalar ee`lon qilgan kunning ertasiga e`lon qilindi. AQSh davlat departamenti Spikeri Jon Kerbi Pxenyanning bunday harakatlari yana bir bor xalqaro hamjamiyatning yangi sanksiyalar joriy etishiga nisbatan umumiy pozisiyasi qanchalik muhim ekanligini tasdiqlashini ma`lum qildi, deb yozadi Euronews.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии