Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Deputatlar qonun loyihalarini ko`rib chiqdilar

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:

3 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. 

Deputatlar jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko`rib chiqdilar, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot xizmati. 

Parlament quyi palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalar oldindan siyosiy partiyalar fraksiyalari va O`zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining, Qonunchilik palatasi qo`mitalarining majlislarida vazirliklar va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirokida dastlabki tarzda muhokama qilingan edi. 

Majlisda ta`kidlandiki, mamlakatimizda fuqarolarning mehnat qilishga, ishni erkin tanlash va qulay mehnat sharoitlariga bo`lgan huquqlarini ta`minlashning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yaratish bo`yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu sohaga oid qonun hujjatlari izchil takomillashtirilmoqda. 

Yangi tahrirdagi “Mehnatni muhofaza qilish to`g`risida”gi qonun loyihasini moddama-modda muhokama qilish jarayonida deputatlar qayd etib o`tdilarki, fuqarolarning mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid huquqlarining konstitusiyaviy kafolatlarini yanada mustahkamlash zarurati bozor iqtisodiyotining izchil rivojlanishi, ishlab chiqarishlarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, islohotlarning huquqiy maydonini rivojlantirish bilan bog`liq. 

Qonun loyihasi dastlab quyi palata qo`mitalarining a`zolari tomonidan fuqarolik jamiyati institutlari, mehnat jamoalarining vakillari, mazkur sohaning mutaxassislari ishtirokida joylarda muhokama qilindi, bu esa qonun loyihasini yanada takomillashtirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish imkonini berdi. Qonun loyihasining muhokamasi parlament quyi palatasidagi Demokratik kuchlar bloki va muxolifat fraksiyalari majlislarida ham bo`lib o`tdi, majlislar yakunlariga ko`ra mazkur huquqiy hujjat bo`yicha ularning nuqtai-nazarlari shakllantirildi.

Muhokama yakunlariga ko`ra deputatlar qonun loyihalarini konseptual jihatdan ma`qulladilar va ularni birinchi o`qishda qabul qildilar. Kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda hujjatlarni keyingi o`qishga tayyorlash mas`ul qo`mitalarga topshirildi. 
 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии