Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Qahva skleroz rivojlanishining oldini olishi ma`lum bo`ldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:

Bir kunda olti finjon qahva ichish skleroz ya`ni xotira susayishi rivojlanishining oldini oladi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Shuning uchun ham shifokorlar kasalliklarning oldini olish maqsadida yoshlar va keksalarga qahva ichishni tavsiya qilishmoqda. 

Journal of Neurology Neurosurgery & Psychiatry jurnali shifokorlarning mazkur xulosalarini chop etdi.

Olimlarning fikriga ko`ra, qahva tarkibidagi kofein  neyroprotektor xususiyatga ega. Ayni mana shu xususiyat skleroz rivojlanishining oldini oluvchi reaksiyalarda ishtirok etadi. Ular buni ikki tadqiqot misolida isbotlab berishdi.

Birinchi tadqiqotda shvesiyalik sklerozga chalingan 1620 nafar kishi va 2788 nafar sog`lom kishi ishtirok etdi. Ikkinchi tadqiqotda esa AQShlik 1159 nafar sklerozga chalingan va 1172 nafar sog`lom kishi ishtirok etgan. 

Birinchi tadqiqotda olimlar ishtirokchilardan 15-19 yoshdan 40 yoshgacha bo`lgan davrda taxminan qancha miqdorda qahva ichganlarini aytish so`raldi. 

Ikkinchi tadqiqot ishtirokchilari esa ichilgan qahvaning maksimal miqdorini atyishlari so`raldi.  Olimlar dastlab kuniga bir-ikki finjon qahva ichib yurgan ishtirokchilardan muntazam ravishda qahva iste`moliga o`tgan davrlarini eslashni so`rashdi.  

So`rovnoma natijasida olimlar qahva ichishning skleroz rivojlanishiga ko`rsatadigan ta`siriga baho berishdi.

Shvesiya fuqarolari ishtirokida o`tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko`rsatdiki, so`nggi yillarda muntazam ravishda kuniga besh-olti finjon qahva ichgan kishilarda skleroz rivojlanishi darajasi mazkur ichimlikni umuman ichmagan kishilarga nisbatan 28-30 foizga kam.

AQShliklar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnoma natijalari ham xuddi shunday natijalarni ko`rsatgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии