Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Imkoniyatlari cheklanganiga qaramay muvaffaqiyatga erishganlar

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:

Ba`zida kutilmagan muammolar hayotimizga yopirilib kirib, bizni sarosimaga solib qo`yadi. Bu sinovlar ba`zilar uchun vaqtinchalik bo`lsa, ba`zilarning esa hayotini tubdan o`zgartirib yuboradi.Bunday lahzalarda sizga dalda bo`ladigan ko`mak zarur bo`ladi. Shuning uchun sizga hayotning kutilmagan tasodif va sinovlarini mag`rur kutib olib, har qanday sharoitda ham tushkunlikka tushmagan insonlar hayoti haqidagi hikoyalarni taqdim etmoqdamiz. 

Nik Vuychich

Qo`lsiz, oyoqsiz – jisman ojiz bo`lsa-da, ruhan kuchli bo`lgan bu inson depressiyaga tushmay, har qanday sharoitda ham yashash mumkinligini isbotlagan inson namunasidir. Demak baxtsizlikdan ham baxt axtarib, quvonib yashash mumkin ekan. Bu hammasi odamning o`ziga bog`liq. Nik golf o`ynaydi, serfing, notiqlik san`ati bilan shug`ullanadi, dunyo bo`ylab sayohat qiladi. Yaqinda uning ikkinchi farzandi dunyoga keldi. Ko`chada uchrab qolgan bolalar “Sizga nima qildi?” deb savol berishsa, Nik “Hammasi sigaretadan!” deb javob beradi.

Bill Porter

Agar inson oldiga maqsad qo`ysa, unga erishish istagi juda ham kuchli bo`lsa, hech qanday kasallik orzuni ro`yobga chiqarishga to`sqinlik qilolmaydi. Bill Porter tug`ilgandanoq serebral falajlikdan aziyat chekdi. U savdo sohasida ishlashni orzu qilgan. Kasallik uning niyatlarini amalga oshirishiga xalaqit qilolmadi. Bill Porter Amerikaning eng peshqadam sotuvchilaridan biriga aylandi. Uning kuchli irodasiga bag`ishlab, “Eshikdan eshikkacha” (Door to Door, 2002) filmi suratga olindi. Bu filmni o`zlari hayotda shug`ullanishni istagan sohada faoliyat yurita olmagan, qo`limdan hech nima kelmaydi degan insonlar albatta tomosha qilishlari lozim. 

Evgeniy Smirnov

Raqqos uchun raqsga tushish imkoniyatidan mahrum bo`lish eng mudhish voqeadir. Agar professional raqqos YTH oqibatida oyog`idan ajralib qolsachi? U yana raqsga tushishi lozim! Evgeniy Smirnov, breyk-dans bo`yicha Rossiya chempioni oyog`idan ayrilgach, raqsga tushishni qaytadan o`rgandi. Uning raqs shoularidan biridagi qoyilmaqom raqsi inson nafaqat iroda kuchi bilan, balki chin dilidan istasa, bir oyoqda ham raqsga tushishi mumkinligini tasdiqladi

Olesya Vladikina

Olesya 20 yoshga to`lganda taqdirning ayanchli zarbasiga uchradi. U Tailandda nafaqat dugonasini balki chap qo`lini ham yo`qotdi. Bu voqea uning hayotini batamom o`zgartirib yubordi, ammo u bundan tushkunlikka tushmadi. U ikki marta Paralimpiya o`yinlarida muvaffaqiyatli qatnashib, birinchi o`rinni egalladi va jahon rekordini o`rnatdi. Qiz protez qo`lni noqulay hisoblab, uni taqishni rad etdi, u bir qo`llab barcha ishlarni a`lo darajada eplaydi. 

Silvestr Stallone

Ideal aktyor bo`lish uchun insonning tashqi qiyofasi go`zal bo`lish kerak deb o`ylasangiz, adashasiz. Agar shunday deb o`ylasangiz, Silvestor Stallonening hayotini ko`z oldingizga keltiring. U tug`ilayotganda jarohat olib, yuzining chap qismi mushaklari qotib qolgan, og`zi ham biroz chapga qiyshaygan. Buning natijasida tili ham qisman falajlanib qolgan (shuning uchun Stallone biroz tutilib gapiradi). Endi o`ylab ko`ring, bu jismoniy kamchiliklar uning jahon miqyosidagi mashhur aktyor bo`lib tanilishida xalaqit qildimi?

Andrea Bochelli

Ko`zi ojizlik insonni atrofni tomosha qilish imkoniyatidan mahrum qilsa-da, his qilish imkoniyatidan judo qilolmaydi. Balki italiyalik Andrea Bochelliga aynan shu narsa yordam berar?  Ko`zi ojiz, klassik va ommabop qo`shiqlar ijrochisi italiyalik Andrea Bochelli qo`shiqlari orqali tinglovchilarni ilhomlantiruvchi va larzaga soluvchi ahvolga soladi. Uch farzandning otasi bo`lmish Andrea Bochelli yaqinda ikkinchi marta uylanib, hayotdan mamnun. Uning aytishicha “tashqi” nazardan mahrum bo`lsa ham, “ichki” nazari bilan hamma narsani his qiladi. 

Medlin Styuart

Medlin Styuart Daun sindromi bilan tug`ilgan bo`lsa ham, podiumga model sifatida ko`tarilishdan cho`chimadi va buni qoyilmaqom uddaladi. Albatta bunday muvaffaqiyatga erishish oson kechmadi, u 20 kg ga ozdi, uzoq vaqt modellik agentiga kirishga harakat qilgan, ammo agentlik uni tezda “xislatli” modellar safiga qabul qilishga shoshilmadi. Ammo Medlin o`z maqsadiga erishib, ayollar uchun sport kiyimlari ishlab chiquvchi Manifesta brendi bilan yirik shartnomani imzoladi. Yaqinda u Nyu-Yorkda o`tkazilgan moda haftaligida ham qatnashdi. Agar istak kuchli bo`lsa, orzular albatta amalga oshadi.

Viktoriya Dyuval

Sportchi har qanday sharoitda ham sportchiligicha qolishini 20 yoshli amerikalik tennischi Viktoriya Dyuval Xojikin limfomasi kasalligini engib, jismoniy mashqlarni davom ettirdi va tennisning Katta shlem turnirida g`alabani qo`lga kiritdi. Ammo bizning nazarimizda Viktoriya nafaqat  turnirni, balki davosi yo`q dardni ham engdi va evaziga hayot degan g`alabani qo`lga kiritgan. 

Shantel Braun-Yang

Bu modelning go`zallik tarixi haqiqatan ham g`alati: Shantelning terisini bolaligidanoq tibbiyot tili bilan aytganda “Vitiligo” deb atalmish dog` qoplagan edi. Chiroyli qad-qomatga, go`zal chehraga ega bo`lgan qiz bu kamchilikni fazilatga aylantirishga harakat qildi va bunga erishib, go`zal model degan nomga sazovor bo`ldi. “Dunyoda oq va qora tanli odamlar mavjud, men esa ularning har ikkalasiga ham mansubman”, deb u hazil-mutoyiba bilan o`z tashqi qiyofasiga izoh beradi.

Kseniya Bezuglova

Ikki farzandning onasi, Vertical nogironlar aravachasida o`tiradiganlar orasida o`tkazilgan go`zallik tanlovi g`olibasi, jamoat arbobi, hayotdan zavq olib yashovchi kabi fazilatlarni sanayversak, ularning hisobiga etolmaymiz. Bu fazilatlarning barchasi Kseniya Bezuglovaga tegishlidir. Favqulodda iroda kuchiga ega Kseniya nogironlar aravachasiga mixlanish, hayotning tugashini emas, balki unda istaganingcha yashashing, baxtga erishishing mumkinligini isbotlab berdi!

P.S.

Hayot insonni har tomonlama sinab ko`rishni yoqtiradi. Ammo u qanchalik injiq, adolatsiz bo`lmasin, baribir undan voz kechish qiyn. Hatto biz uni ....gacha va .... dan keyin deb ikki variantga bo`lishga majbur bo`lgan vaziyatimizda ham uning bizni baxtli qilishi mumkin bo`lgan varianti mavjud. Bu har qanday sharoitda ham chidamliligingni ko`rsatib, baxtli bo`lish imkoniyatidir! Yuqorida nomlari keltirilgan insonlar bunga yorqin misol bo`la oladi. Ular sizning kelajak hayotingizda ilhom bag`ishlashadi.

Manba: Adme.ru

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии