Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

AQSh Evropa va Markaziy Osiyoda sodir etilishi rejalashtirilgan teraktlardan ogohlantirdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:

AQSh hukumati Evropa va Markaziy Osiyo mintaqalarida joylashgan mamlakatlarda sodir etilishi rejalashtirilayotgan teraktlar haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi “Vesti”. 

“Al-Qoida” va DAISh terrorchilik guruhlari Amerikaga qarshi munosabatni namoyon qilmoqda va yuqorida sanab o`tilgan mintaqalarda ular faol harakatlanmoqda. 

“Ishonchli manbalarning ma`lum qilishicha, DAISh va ‘Al-Qoida’ kabi terrorchilik tashkilotlari va ularning bo`linmalari tez orada Evropaga hujum uyushtirishni rejalashtirmoqda. Terrorchilik tashiklotlari tomonidan bo`ladigan hujumlardan hech bir Evropa mamlakati himoyalanmagan va bu ularning nozik tomoni bo`lib qolmoqda”, —deyiladi xabarda.

Ma`lumotlarga ko`ra, “DAISh tarkibidagi evropalik a`zolari Suriya va Iroqdan qaytishi bilan teraktlar sodir etilishi xavfi ortadi”. Teraktlar jamoat joylarida bir terrorchi tomonidan sodir etilishi mumkin.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram