Samarqand ko`chalarini obodonlashtirish tadbirlari boshlandi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 04.03.2016, 16:29

Samarqandda shahar ko`chalarini obodonlashtirish bo`yicha kompleks tadbirlar boshlandi, deb xabar beradi “Samarkandskiy vestnik”.

Ayni paytda ikkita markaziy avtomagistral uchastkalarida faol ishlar olib borilmoqda.

“Tasdiqlangan loyihaga muvofiq, Buyuk ipak yo`li ko`chasining 600 metrli qismida kapital rekonstruksiya boshlandi”, — dedi “Samyo`lloyiha” MChJ bosh mutaxassisi Bahrom Abdurahmonov. Uning aytishicha, belgilangan barcha ishlar yakunlangach, bu bezakli panjara bilan ajratilgan olti polosali avtotrassaga aylanadi. Ushbu hududda joylashgan savdo-maishiy va ijtimoiy ahamiyatga ega ob`ektlar dizayni milliy va zamonaviy me`morchilik talablariga muvofiq yangilanadi. Yo`lning piyodalar yuradigan qismi esa landshaft dizayni qoidalariga ko`ra bezatiladi.

Bunday ishlar O`zbekiston ko`chasini Universitet xiyoboni halqasi bilan bog`lovchi  ko`chada ham amalga oshirilmoqda. Loyiha amalga oshirilgach, bu erda ikki tomonlama harakatga ega zamonaviy tezkor magistral paydo bo`ladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии