Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to`g`risida Prezident qarori imzolandi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 05.03.2016, 15:22

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a`lo xulqi, noyob iste`dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o`qishdagi muvaffaqiyatlari hamda adabiyot, madaniyat, san`at, ta`lim va sport sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Mukofot bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag`ishlab o`tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko`krak nishonlari topshiriladi.

Mukofot sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 

50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar

Bayjigitova Aziza Alliyar qizi    -    Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahridagi 22-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabining 9-sinf o`quvchisi
Foziljonova Sevaraxon Baxodirjon qizi    -    Andijon san`at kollejining 3-bosqich o`quvchisi 
Alieva Gulnoza Akramovna    -    Buxoro muhandislik-texnologiya instituti qoshidagi 1-akademik liseyning 3-bosqich o`quvchisi
Raimqulova Mohigul Dadajon qizi    -    Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-akademik liseyning 3-bosqich o`quvchisi
Nizamova Mohidil Maxmud qizi    -    Qashqadaryo viloyati Yakkabog` oziq-ovqat sanoati va xizmat ko`rsatish kasb-hunar kollejining 1-bosqich o`quvchisi
Xolbutaeva Dilfuza Sharofiddinovna    -    Navoiy olimpiya zaxiralari kollejining 3-bosqich o`quvchisi
Voqqosova Gulira`no Davronboy qizi    -    Namangan viloyati To`raqo`rg`on ijtimoiy-iqtisodiyot va sport kollejining 3-bosqich o`quvchisi
Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi    -    Samarqand viloyati Pastdarg`om politexnika kasb-hunar kollejining 3-bosqich o`quvchisi
G`ozieva Nodira Rustam qizi    -    Guliston davlat universiteti qoshidagi 1-akademik liseyning 2-bosqich o`quvchisi
Shoyimova Komila O`rol qizi    -    Termiz davlat universiteti qoshidagi 2-akademik liseyning 2-bosqich o`quvchisi
Raimqulova Zulxayo Xikmatilla qizi    -    O`zbekiston davlat konservatoriyasining 1-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)
Mamajonova Zulfiyaxon Mirkomil qizi    -    Farg`ona viloyati Quva pedagogika va iqtisodiyot kollejining 3-bosqich o`quvchisi
Ismailova Ozoda Anvarovna    -    Urganch davlat universiteti qoshidagi 2-akademik liseyning 1-bosqich o`quvchisi
Botirova Aziza Xamidovna    -    V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseyining 1-bosqich o`quvchisi

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии