Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Yangilangan metro vagonlarining suratlari e`lon qilindi(FOTO)

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 09.03.2016, 12:57

Facebook foydalanuvchisi yangilangan metro vagonlarining fotosuratlarini tarmoqqa joyladi.  Uning so`zlariga ko`ra, yangi vagonlar poytaxt metropolitenining O`zbekiston yo`nalishida harakatlanadi. “Uz24.uz” nashri Toshkent Metropoliteni ma`muriyati bilan bog`lanib, yangi metro vagonlari haqidagi savollarga javob oldi.  

Ma`lumotlarga ko`ra, poezdlarni ta`mirlash ishlari Toshkent yo`lovchi vagonlari qurish va ta`mirlash zavodida olib borildi. Poezd old qismi, mashinist kabinasi, ichki salonining dizayni yangicha ko`rinishga ega bo`lgan. Vagonlar ko`k-oq hamda ingichka qizil rangli chiziqlar bilan bo`yalgan.

Ayni vaqtda yangilangan poezd sinovdan o`tkazilmoqda. Uning muntazam harakati boshlanishi sanasi hozircha aniq emas. Metropoliten xodimi yangilangan poezd yaqin vaqtlarda yo`lga chiqishini ta`kidladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jamiyat

Mutolaa

24.11.2017, 17:26

Savol-javob