Mariya Sharapova shartnomalari bekor qilinishi tufayli 140 million $ yo`qotishi mumkin

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 09.03.2016, 14:08

Rossiyalik tennischi Mariya Sharapovaning qonida taqiqlangan preparat aniqlanganidan so`ng, u bilan hamkorlik qiladigan nomdor kompaniyalar birin-ketin hamkorlik shartnomalarini bekor qilmoqda. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda.

Mariya so`nggi 11 yil ichida eng ko`p haq to`lanadigan sportchi hisoblanadi. Britaniya OAVlarining xabar berishicha, 28 yoshli tennischi sport tarixida rekord summa yo`qotgan inson bo`lishi mumkin. Ya`ni u yo`qotishi mumkin bo`lgan summa xuddi shunday vaziyatda yirik mablag`dan ayrilgan sportchilar—golfchi Tayger Vuds yoki velosportchi Lens Armstrongnikidan ham ko`proq bo`lishi mumkin. 

Nike, Porsche va TAG Heuer kompaniyalari Mariya Sharapova bilan tuzilgan shartnomalarni bekor qilganini ma`lum qildi. Mazkur savdo belgilari, shuningdek, tennischi bilan bog`liq mojarolar o`z nihoyasiga etmagunga qadar uning ishtirokidagi barcha tadbirlarni bekor qildi. Avon, American Express va Head kabi kompaniyalar ham Sharapova bilan shartnoma imzolagan. Mazkur brendlar ham tennischi bilan tuzilgan shartnomalarni bekor qilishi mumkin.

Tennischi Mariya Sharapova professional tennisdan to`rt yilga chetlatilishi mumkin. Agar shunday bo`lsa, Sharapova Australian Open turnirining chorak finalidagi ishtiroki uchun olgan 209 ming funt miqdoridagi mablag`ni ham qaytarishiga to`g`ri  keladi.

Ma`lumot uchun, rossiyalik tennischi 7 mart kuni matbuot anjumani uyushtirib, qonidan olingan namunada taqiqlangan preparat aniqlanganini tan oldi. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии